Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yo‘lovchi poyezdlaridagi pnevmatik qurollar va zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva—Toshkent” yo‘lovchi poyezdida fuqaro Yu.S.ning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu shaxs vagon to‘shagiga o‘rab yashirgan holda 7 xil turdagi pnevmatik qurollarning 446 dona qismlarini O‘zbekistonga olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro S.X. esa qiymati 112 million so‘mdan ko‘proq 173 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda O‘zbekiston hududiga olib kelayotgan vaqtida bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi
Sport
Angliya Kubogining nimchorak finaliga qur’a tashlandi. “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Tottenhem”ning raqiblari ma’lum
Biznes
Olmos gigantining merosxo‘ri, Adidas aksiyadori: Forbes Afrikaning eng boy odamlarini e’lon qildi