Amerika harbiy xizmatchilari terrorchilar bilan kelishuvlar natijasida, Suriyadan 50 tonna oltin olib chiqib ketdi, deya xabar beradi “Korrespondent”.
Qayd etilishicha, jangarilar o‘zida mavjud 40 tonna oltinini xavfsizligi evaziga berib yuborgan. Yana 10 tonna oltin Amerika jangarilari tomonidan IShID jangarilarning boshqa maxfiy joylaridan topilgan.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, jangarilar oltinni Iroq va Suriya hududidan bosib olgan hamda Dayr-az-Zordagi Bahuz aholi yashash punkti atrofiga yashirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning dekabrida AQSh prezidenti Donald Tramp IShID ustidan g‘alabasi hamda mamlakatdan Amerika harbiylarini olib chiqishi haqida e’lon qilgan. Keyinroq u ikki ming nafar harbiydan 400 nafari Suriyada qolishini aytgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)