Ukraina Eurovision (Yevrovideniye) xalqaro qo‘shiq tanloviga o‘z vakilini yubormaydi. Bunga tanlovga siyosiy ruh berilganligi sabab qilib ko‘rsatildi. Bu haqda Ukraina Milliy jamoat teleradiokompaniyasi bayonotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Milliy tanlovning har uchala g‘olibi — Maruv, Freedom Jazz va Kazka Eurovision’da (Yevrovideniye) ishtirok etishdan bosh tortganligi ta’kidlanmoqda.
“Yuzaga kelgan vaziyatda, jamoat eshittirishlari haqidagi qonunga rioya qilgan holda, shuningdek, milliy tanlovga haddan ortiq siyosiy ruh berilganligi sharoitlarida Eurovision 2019 xalqaro qo‘shiq tanlovida ishtirok etishdan bosh tortish haqidagi qaror qabul qilindi”, — deyiladi bayonotda.
Izoh (0)