24-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 25-turi doirasida 4 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinda borayotgan Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Vilyarreal” jamoasini sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqaga kelib Saul hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa Diyego Simeone shogirdlari o‘z uyida “Vilyarreal” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu kuni Santyago Solari boshliq Madridning boshqa bir klubi “Real” mehmonda “Levante”ga qarshi maydonga tushdi.
Bellashuvning 43-daqiqasida Karim Benzema penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib Rojer hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yindagi so‘nggi gol Garet Beyl tomonidan 78-daqiqada yana penaltidan kiritildi.
Shu tariqa “Qirollik klubi” safarda “Levante”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
La Liga
25-tur bahslari
24-fevral, yakshanba
“Leganes”—“Valensiya” 1:1
Gollar: 0:1 — 22 Kondogbiya, 1:1 — 89 Breytueyt“Atletiko Madrid”—“Vilyarreal” 2:0
Gollar: 1:0 — 31 Morata, 2:0 — 88 Saul.“Valyadolid”—“Betis” 0:2
Gollar: 0:1 — 45 Mandi, 0:2 — 87 Xoakin“Levante”—“Real Madrid” 1:2
Gollar: 0:1 — 43, penalti, Benzema, 1:1 — 60 Rojer, 1:2 — 78, penalti, Garet Beyl.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)