“Daryo” ijtimoiy tarmoqlardan eng sara postlarning navbatdagi tahlilini boshlaydi.
Ko‘p yashanglar, “melisa”lar!
Facebook’da qo‘yilgan ushbu post odamlarda soha vakillariga nisbatan olqishlar keltirdi. Bu odamlarning insoniylik xatti-harakati o‘z sohasi imijini ko‘tarishga xizmat qildi. Har bir soha vakili har qanday ish qilishda avvalo insoniylik yuzasidan qiladi, lekin ba’zida o‘sha ishi o‘zi shlayotgan butun sohaga rahmat yoki teskari munosabat olib kelishiniyam unutmaslik kerak.
Iskandar SadirovAngliyaliklar O‘zbekistonga taklif qilindi#hozirgina bomdod namoziga masjid oldiga kelib to‘xtasam, men yonginasiga to‘xtagan ehson qutisiga bir melisa yigit pul tashlab o‘tib ketdi. Ko‘rdimu avtomatik ravishda qabul bo‘lsin deb yubordim. Melisalarni ham yaxshilari bor, faqat ularni biz bilmasligimiz mumkin.
23-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Angliya premyer-ligasining 27-turidan o‘rin olgan “Byornli”–“Tottenhem” uchrashuvi vaqtida stadion chetidagi elektron reklamalar taxtachasida O‘zbekistonga sayohat qilishni targ‘ib etuvchi reklamalar namoyish etildi.
Bunga tarmoqdagilar ijobiy fikr bildirdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning shu haqdagi posti.
Xabar berishlaricha o’yindagi reklama mutlaqo tekinga tushgan emish. Unda faqat qoyil qolish kerak. Aynan sohada yurgan tanishdan so’rab ko’rdim bugun, premier league da o’yin qanchalik markaziyligiga qarab har bir LED reklama daqiqasiga £700 dan £30.000-40.000 gacha bo’lar ekan
— Bakiev (@KBokiev) February 23, 2019
Ayni damda, foydalanuvchilardan biri Dilshod Odilov O‘zbekistonda 10 barobar tugul ikki barobar ham oshmagan internet haqida kuyunib post qo‘ydi, buning ta’siri turizm rivojiga zarba ekanini tajribasidan aytib berdi.
Dilshod Odilov“Xalq bilan muloqot” guruhiga qo‘yilgan ushbu surat katta e’tiborni qaratgan post bo‘ldi. 1700 dan ziyod like bosilib, 270 martadan oshiq ulashildi.O‘zbekistondagi internet tezligi turizmga berilayotgan eng katta zarar. O‘zbekiston turizmiga Uztelecom’dan ko‘proq zarar berayotgan tashkilot yo‘q bo‘lsa kerak! “Booking.com”dagi O‘zbekiston mehmonxonalariga qoldirilgan izohlarni o‘qinglar, shikoyat qilib qoldirilgan izohning 90 foizi internet tufayli. Facebook va Youtube’ni “ishonmaysizlar, lekin bizning aloqamiz yo‘q” deb olti oy blokladinglar. Turistlarga bu yoqqan deb o‘ylaysizmi? Odamlar post qilib, efirga chiqsa, kelgan davlatidagi do‘stlariga qancha reklama bo‘lishi mumkin edi? 10 baravar oshiramiz tezlikni deb karillagan xodiminglar qani? O‘zining uyidan yoki ofisidan tashqarida internet 10 baravar oshibdimi? Tezlikni o‘ldirib, keyin avgustdagi holatiga qaytarib qo‘ya qoldinglarku! Shunaqa bo‘ladimi 10 baravar oshirish? Uyali aloqani nima qilyapsizlar? Sizlarda gaplashib turganingizda “aloqa yo‘q” deb uzilib qolmayaptimi? Qachongacha yolg‘on bilan nafas olasizlar? Vijdon bormi o‘zi sizlarda?
Tarmoqdagi mashhurlar bilan tanishtiruv davom etadi.
“Tarmoqdagi mashhurlar” ruknining navbatdagi qahramoni Facebook’dagi eng faol foydalanuvchilardan biri Bahriddin Asror bo‘ladi. U Facebook sahifasida jamiyatda bo‘layotgan voqealarga o‘z fikrini yumoristik, o‘tkir hajv yo‘nalishda bildirib, original postlar qo‘yadi. Quyida ushbu kishining yozgan postlaridan bir nechtasini keltiramiz.
Bahriddin AsrorTelefonimni ikki soat o‘chirib qo‘ydim, MChS sms jo‘natolmay, bir bo‘g‘ilsin. )))
Yaqinda ishxonada majlisam qilishdi kelib, is gazi, qo‘lbola pechkalar to‘g‘risida. Majlisda “daftaringizga yozib o‘tirmaysizmi, aytilgan gaplarni”, deyishdi. “Nima qilaman yozib, hammasi telefonimda chisloma-chislo bor, zerikkanimda xohlasam o‘rischasini o‘qiyman, xohlasam o‘zbekchasini o‘qib o‘tiraman”, deb qo‘ydim.
Bahriddin AsrorKecha o‘rdak tutvoldim. Qanotlari singani sababli janubiy mamlakatlarga uchib ketolmay qolgan.
Kelinglar, kimni yuragida ozgina mehr bo‘lsa puldan yordam bersin. Qancha himmatingiz bo‘lsa plastigimga tashlanglar, men o‘zim shaxsan oborib tashlab kelaman, xohlang Tailandga, xohlang Baliga.))) Har bir vaqt g‘animat! Tabiat jonzotlariga bee’tibor va toshbag‘ir bo‘lmanglar.
Bahriddin AsrorTelegram’dagi foydali kanallardan tavsiya etishda davom etamiz.Telegram’dagi guruhlarda yigit-qizlar Boburning tavallud kuni bilan bir-birini tabriklayapti ekan. Qiziq, Navoiyning tug‘ilgan kunida bunaqa tadbir bo‘lmagan edi-ku?!
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligidagi audioertaklar loyihasi ish boshladi. Kanal nomi “Bolalik kunlarimda”. Unda bolalar ertaklari mashhur kinoaktyorlar tomonidan o‘qib qo‘yib borilmoqda. Kanal ertaklaridan birini mana bu yerda eshitishingiz mumkin. Qisqasi, juda katta loyihaligi ko‘rinib turibdi.
Shu kabi yana bir qiziqarli kanal bor, u turfa janrdagi kitoblarni ko‘ngillilar yordamda audiotalqinini qo‘yib bormoqda. Nomi “Audiokitob ulashamiz”. Ushbu kanal ko‘plab badiiy kitoblarni audio holda obunachilarga yetkazib kelmoqda. Kanal audiokitoblaridan birini tinglab ko‘ring.
Twitter’chilar tvitlariga navbat.
Дардларимиз "влажные салфетка"га ўхшайди. Бир донасини оламиз, 2-3 таси чиқиб келади.
— Anνarσν (@Asilbek_7) February 19, 2019
https://twitter.com/Kardelen887/status/1099219207030489088
Статистика маълумотларига кура, кеча суперкубокни ютгандан кейин Локомотив совринлари сони, мухлислари сонидан куп булган дунёдаги ягона жамоага айланган:))
— Фурқат (@fraximov26) February 24, 2019
Ijtimoiy tarmoq trend muhokamalarini “Daryo” orqali kuzatishda davom eting.
Isroil Tillaboyev tayyorladi.
Izoh (0)