Hindistonda sifati buzilgan alkogolni iste’mol qilish oqibatida kamida 154 kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortiq odam shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Spirtli ichimlik shimoli-sharqiy Assam shtatida ishlab chiqarilgan bo‘lib, jabrlanganlarning katta qismini shtat choy plantatsiyalari ishchilari tashkil etdi.
Noqonuniy alkogolni yetkazib berishga aloqadorlikda gumonlanib 30 dan ortiq odam hibsga olingan.
“Bu noqonuniy spirtli ichimlikdir. Uning tarkibida nima bo‘lganligi va alkogolga nima qo‘shilganligini hamon o‘rganmoqdamiz”, — dedi Golaxat tumani politsiyasining katta xodimi Mukesh Agarval.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sifatsiz alkogol oqibatida 50 kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)