Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida biznes telekanalini tashkil etish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

Murojaat muallifining qayd etishicha, bugungi kunda tadbirkorlarning faoliyatini to‘liq yoritadigan, biznes sirlarini o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan, tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtiradigan maxsus telekanal mavjud emas.

“Agar tadbirkorlik sohasiga bag‘ishlangan maxsus telekanal tashkil etilsa va uning dasturlari faqat shu yo‘nalishda bo‘lsa, tadbirkorlar bir-birlarini yanada yaqinroq tanishardi, mahsulotlarni reklama qilish uchun qulaylik bo‘lardi”, — deyiladi jamoaviy murojaatda.

Bildirilishicha, bu telekanalning tashkil etilishi xorijiy investitsiyalarni ham kengroq jalb etishga, xorijlik tadbirkorlarning e’tiborini yanada tortishga xizmat qilishi mumkin. “Yuqoridagilardan kelib chiqib, maxsus biznes telekanalini tashkil etishni taklif qilaman”, — deb yozadi murojaat muallifi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya salohiyatiga tayaniladi
Mahalliy
Toshkentda xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 20 trln soʻm kredit ajratiladi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi mahalla aholisi bilan muloqot qildi