23-fevral, shanba kuni (Toshkent vaqti bilan 24-fevral tongida) professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (6 ta jang, 6 ta g‘alaba) o‘zining 7-jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Meksikaning Tixuana shahrida o‘tkaziladigan jangda o‘zbekistonlik bokschi meksikalik Edgar Puerta (25 ta g‘alaba, 11 ta mag‘lubiyat, 1 ta durang) raqiblik qiladi. Jang 10 raunddan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan.
Avvalroq sportchi navbatdagi jangi 9-mart kuni bo‘lib o‘tishi haqida xabar tarqalgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)