Yaqinda bo‘lishi kutilayotgan AQSh-Shimoliy Koreya sammiti arafasida mamlakat rahbarlarining qiyofadoshlari Xanoyga keldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Vu An

Kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan avstraliyalik aktyor Govard Eks va amerikalik musiqachi Dennis Alan ikki davlat rahbarlariga taqlid qilgan. Ular 27—28-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan sammitdan oldin Xanoyga yetib borgan.

Foto: Tun Din

Foto: AFP

“Klonlar” haqiqiy davlat rahbarlari keladigan mehmonxona yaqinidagi shahar markazida syomka uyushtirgan.

Bundan tashqari, Xanoydagi sartaroshxonalardan biri “Tramp usuli” va “In usuli” nomli yangi soch turmaklarini qilmoqda. Xabarda aytilishicha, ushbu soch turmagiga da’vogarlar ko‘p.

Mahalliy huquqni himoya qilish organi vakillari va xavfsizlik xizmati hali aktyorlarni xavfli deb topmagan. Tramp va Inning birinchi uchrashuv paytida Govard Eksga uchrashuv joyiga yaqinlashishiga ruxsat berilmagan.