Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In keyingi hafta AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish uchun Vyetnamga boradi. U Xanoyga yetib olish uchun uch kun yo‘l bosadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Kim Chen In poyezdda Xitoy orqali ming kilometr yuradi. Vyetnam bilan chegarada esa poyezddan mashinaga o‘tib, yana 170 kilometr yo‘lni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Tramp bilan uchrashuv 27—28-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Xabarda aytilishicha, temir yo‘lda sayohat qilish Kimlar sulolasining sevimli mashg‘uloti. Hozirgi rahbarning otasi va bobosi Kim Chen Ir va Kim Ir Senlar ham poyezdda sayohat qilgan.
Izoh (0)