“Manchester Yunayted” Angliya Kubogi 1/8 final bosqichida “Chelsi” klubini safarda 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Bu “qizil iblislar”ning 2012-yil oktabr oyidan buyon “Stemford Brij” stadionida erishgan ilk g‘alabasi hisoblanadi, deb yozadi Squawka.
O‘shanda “Yunayted” ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida “ko‘klar”ni mehmonda 3:2 hisobida mag‘lub etgandi. “Mankunianlar” oradan 7 yil o‘tib esa bu ishni Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostida uddaladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)