Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi ayni damda Portugaliya chempionatida faoliyat olib borayotgan Sardor Rashidov 16-fevral kuni mamlakat chempionatining 22-turida o‘rin olgan “Nasional”—“Feyrensi” uchrashuvida (4:0) uchta gol urib, het-trikka erishdi. “Daryo” tahririyati o‘yindan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchi bilan kichik suhbat uyushtirdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter
O‘yin haqida

— O‘yin juda qiziq bo‘ldi. Uchta gol urib, het-trik qayd etganimdan juda xursandman. Ushbu gollarni vatanim, O‘zbekiston xalqiga bag‘ishlayman. Menga bildirilayotgan e’tibor va muxlislik uchun barchaga tashakkur aytaman va yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatib, ko‘plab gollar urishga intilaman.

“Nasional”da qanday kutib olishgani haqida

— “Nasional”da barcha birdek meni iliq kutib oldi. Hammasi joyida. Klub o‘z tarixiga ega, undan munosib o‘rin olishga harakat qilaman.

Ko‘plab murabbiylar bilan ishlagani va mashg‘ulotlar o‘rtasidagi farq haqida

— Ko‘p murabbiylar bilan ishlaganman. Hammasi o‘ziga xos uslubga ega. Biroq Koshtinya (“Portu” bilan 2004-yilda Chempionlar Ligasini yutgan. tahririyat) ham yaxshi va professional murabbiy ekan. Buni uning mashg‘ulotlaridan ham bilsa bo‘ladi.

Chempionat saviyasi haqida

— Portugaliya chempionati saviyasi juda yuqori. Hamma o‘yinlarda ishtiyoq bilan harakat qilishadi. Tinim bilishga fursat yo‘q. Maydonda faqat mehnat talab etiladi.

Sardor Rashidovning barcha gollarini Telegram’dagi @daryo_sport kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi