“Milan” hujumchisi Kshishtof Pyontek “Atalanta”ga qarshi kechgan o‘yinda dublga erishdi (3:1).
Pyontek A Seriyada “rossonerilar” safida o‘zining birinchi 3 ta uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Polshalik futbolchigacha ushbu natijani “Milan” sobiq o‘yinchisi Mario Balotelli 2013-yilda qayd etgandi, deb yozadi Opta.
Ma’lumot uchun, Kshishtof Pyontek “Milan” tarkibida barcha musobaqalarda 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.
Shu bilan birga, 23 yoshli hujumchi oxirgi 4 ta o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, barchasida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)