Chili prezidenti Sebastyan Pinyera Argentina, Urugvay va Paragvay bilan birgalikda JCh—2030 musobaqasiga mezbonlik qilishga tayyorligini bildirdi.
“Bir necha oy avval men Argentina, Urugvay va Paragvay prezidentlariga Chili bilan birgalikda JCh—2030 musobaqasini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza berish taklifi bilan chiqqandim. Mazkur taklifni 3 ta davlat hamda Chili futbol federatsiyasi qabul qildi. 2030-yilda o‘tadigan Jahon Chempionati musobaqaning 100 yilligiga to‘g‘ri keldi. Chunki ilk Jahon Chempionati 1930-yilda Urugvayda o‘tkazilgan”, — deydi Pinyera.Ilgari Jahon Chempionati 1962-yilda Chili davlatida bo‘lib o‘tgan.
Xabarlarga ko‘ra, Bolgariya, Serbiya, Gretsiya, Ruminiya ham birgalikda JCh—2030 ga mezbonlik qilishga tayyor.
Bundan tashqari Ispaniya ham musobaqa mezbonligiga da’vogarlik qilmoqda, Buyuk Britaniya Irlandiya bilan birgalikda qo‘shma ariza berishi ham mumkin.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)