“Real Madrid” hujumchisi Vinisius Junior Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida “Ayaks”ga qarshi o‘yinda bitta golga assistentlik qildi (2:1).
Bu 18 yoshli braziliyalikning joriy mavsum barcha musobaqalardagi 10-golli uzatmasi bo‘ldi.
Shu tariqa Vinisius joriy mavsum “Real” futbolchilari orasida eng ko‘p golga uzatma berdi. Futbolchi amaldagi mavsumda “Qirollik klubi” safida jami 23 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol ham kiritishga erishgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)