O‘zbekiston fuqarosi hech qanday to‘siqlarsiz xorijga chiqish uchun aliment qarzdorligini to‘liq qopladi. Bu esa 50 million so‘mdan ko‘proqni tashkil etdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“Uzun tumani Majburiy ijro byurosi ish yurituvida voyaga yetmagan farzand ta’minoti uchun qarzdordan aliment undirish to‘g‘risidagi fuqarolik sudi ijro varaqasi mavjud edi”, — deb xabar beradi byuro.
Xorijga chiqish uchun bu to‘sqinlik qilishini tushunib yetgan erkak farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar uni ta’minlash uchun alimentlarni to‘lash haqida rafiqasi bilan kelishdi va oldindan 51,3 million so‘m to‘ladi.
Shundan so‘ng Uzun tumani Majburiy ijro byurosi qarzdorning O‘zbekistondan chiqishi uchun cheklovni olib tashladi.
Izoh (0)