Oliy ma’lumot olganlik haqidagi diplom ishga joylashishni kafolatlamasligi kerak, deydi “Daryo.uz” bilan suhbatda o‘zbekistonlik mutaxassis, “Buyuk kelajak” guruhi eksperti, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov.
Azamat Akbarov shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turibdi hamda soha mutaxassislarining guruh doirasidagi muhokamalarida ishtirok etmoqda.
“Universitetlar o‘z namunalariga ko‘ra diplom berishlari lozim. Universitetlar o‘z mavqelari, bilimlar sifati, professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan kafolat berishlari lozim, va davlat nusxasidagi diplomlar bekor qilinishi kerak, chunki bu omil ham oliy ta’lim sifatiga ta’sir qiladi”, — deydi mutaxassis.
Akbarovning aytishicha, ta’lim tizimida sertifikatsiya juda muhim masalaligicha qolmoqda. Sifatni ta’minlovchi chora sifatida qaraladigan va milliy kvalifikatsiya tizimining o‘ta muhim elementlaridan biri bo‘lmish sertifikatsiya o‘tkazish tartibi joriy qilishini lozim.
“Bu borada bizda muammolar mavjud, – deydi u. — Bizda professional standartlarning yetarli soni yo‘q, maxsus sertifikatsiya markazlari yetarlicha tayyorlanmagan, va shu sababdan bizda yechilishi lozim bo‘lgan muammolar talay. Diplom bo‘lsa, juda ham yaxshi, ammo diplom egasi o‘ziga muayyan kvalifikatsiya berilganligi haqida sertifikat ham olib kelishi lozim. Mutaxassis ushbu tizim allaqachon bir necha mamlakatlarda amal qilayotganini ta’kidlab o‘tdi”.
Izoh (0)