Istanbulda harbiy vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida to‘rt nafar harbiy xizmatchi jabrlandi. Bu haqda Istanbul gubernatori Ali Yerlikayya xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: “TASS”

Turkiya OAVlarining ma’lum qilishicha, Istanbulning Chekmekyoy tumanida sanoat zonasiga shoshilinch qo‘nayotgan harbiy vertolyot halokatga uchragan.

“Chekmekyoy tumanida vertolyot halokatga uchrashi oqibatida yaralangan to‘rt nafar harbiy xizmatchi shifoxonaga yetkazildi”, — deb yozadi Yerlikayya Twitter’dagi sahifasida.