APL yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi nomini ma’lum qildi.
Ushbu sovringa “Manchester Yunayted” ustozi Ole-Gunnar Sulsher loyiq deb topildi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Norvegiyalik mutaxassisning jamoasi yanvar oyida 3 ta o‘yinda g‘alaba qozondi va 1 ta durang natija qayd etdi.
Mazkur sovringa Sulsherdan tashqari Shon Daych (“Byornli”) va Ralf Hazenhyuttl (“Sauthempton”) ham da’vogarlik qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)