Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Borussiya Dortmund” klubi yarim himoyachisi Marko Roys Dortmundning 2018-yildagi eng yaxshi sportchisi deb topildi. Bu haqda RuhrNachrichten nashri xabar berdi.

Foto: “Ruhrnachrichten.de”

Foto: “Ruhrnachrichten.de”

RuhrNachrichten o‘quvchilari hamda “Radio 91.2” tinglovchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda 11 300 ga yaqin ovoz beruvchilar qatnashdi.

So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, Roys 51,9 % ovoz to‘pladi. Keyingi o‘rinlarni akademik eshkak eshish bo‘yicha olimpiada chempioni Rixard Shmidt (25,1%) va yengil atletikachi Muhammad Mohumed (23%) band qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Marko Roys 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)