Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati tumanlararo jinoyat sudi 12 yoshli qizning nomusiga tegishda ayblanayotgan 40 yoshli o‘zbekistonlik fuqaroga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Podrobno.uz”

Foto: “Podrobno.uz”

Tamerlan (sudlanuvchining ism-sharifi o‘zgartirilgan) bir necha yil avval rafiqasi va ikki farzandi bilan O‘zbekistondan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan. U Aqto‘beda uyali aloqa telefonlarini ta’mirlash bilan shug‘ullangan. Biroq uning rafiqasi kasallikka chalinib qolgan va bolalarini olib, vataniga qaytgan. Tamerlan Qozog‘istonda yolg‘iz qolgan.

Keyinroq u shu viloyatda yashovchi ayol bilan tanishib qolgan va uning uyida tunab qola boshlagan. Ayolning birinchi turmushidan bolalari bo‘lgan. 2018-yilning avgust oyida ayolning 12 yoshli qizi buvisiga erkak uning nomusiga tekkanligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng uni sudga berishgan.

Sudya qizning so‘zlarini tahlil qilib, ularda tuhmat alomatlari yo‘q degan xulosaga keldi va Tamerlanni 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Mahkum o‘z aybini tan olmadi va apellyatsiya berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi