Yaqin Sharq haqida gapirganda nimani eslaymiz? Ko‘pincha, cheksiz neft boyliklari-yu, dahshatli urushlar va terroristik hujumlar ko‘z oldimizga keladi. Ammo dengiz va vodiylar orasida joylashgan chiroyli tabiat e’tiborsiz qoladi. 29 yoshli yezinlik fotosuratchi Romiy Rizq aynan shu go‘zallikni butun dunyoga ko‘rsatishni xohladi, deya yozadi Travel Ask.
Livan — Suriya va O‘rtayer dengizi o‘rtasida joylashgan. Isroil va Kipr bilan ham qo‘shni. U kichik davlat bo‘lsa-da, kishiga ilhom beruvchi turfa xil landshaftlarga ega. Livanning juda ko‘p tog‘lari, ajoyib dengiz qirg‘oqlari va chiroyli vodiylari bor. Har bir narsa bir-birga shu qadar yaqinki, bir necha soat ichida chang‘i kurortidan quyoshli plyajga o‘tishingiz mumkin.
Mamlakatning poytaxti Bayrut dunyodagi eng qadimgi shaharlardan biri hisoblanadi. U tashkil topganiga 5000 yildan uzoq vaqt bo‘lgan. Bu hudud juda boy madaniyatga ega, uni yillar davomida o‘rganish mumkin, ammo shunda ham to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Shuning uchun Livan “Yaqin Sharq javohiri” nomini olgan. Uning barcha ajoyibotlarini ko‘rish uchun ko‘plab sayyohlar keladi.
Biroq, 2010-yilda Suriyada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin bu yerda ham ko‘p narsa o‘zgargan. O‘shandan beri Livanda har yili keladigan sayyohlar soni 38 foizga kamaygan. Qo‘shni davlatdagi urush Livan iqtisodiyoti uchun zarar keltiradi boshlagan. Suriyadagi voqealardan sayyohlar qo‘rqishi tushunarli hol bo‘lsa-da, Yaqin Sharq javohirining sehrli go‘zalligi e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Izoh (0)