1-fevral kuni soat 21:30 atrofida Toshkent viloyatining Piskent tumani “Maylobod” mahallasida yashovchi O.F. mast holda “Oybek” mahallasi hududida joylashgan “Anor” choyxonasi oldida qarovsiz qoldirilgan, “Mitan” mahallasida yashovchi Sh.D.ga tegishli VAZ-2106 “Jiguli” mashinasini haydab qochgan.
Natijada Amir Temur ko‘chasida ushbu avtomashina boshqaruvini eplay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va fuqaro M.A. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashuv sodir etgan.
“Ko‘rilgan choralar natijasida O.F. qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Izoh (0)