2-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligida Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatining majlisi bo‘lib o‘tdi. Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, majlisda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyev ham ishtirok etgan.
Elyor G‘aniyev o‘z chiqishida O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga binoan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksport qilish hajmlari va nomenklaturasini kengaytirish, O‘zbekistonga chet ellik turistlar oqimini oshirish, shuningdek diplomatik vakolatxonalarga biriktirilgan hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qulay tashqi sharoitlar yaratish borasida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Abdualiyev va u nazorat qiluvchi iqtisodiy blok bo‘limlari, umuman vazirlik va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari oldida turgan dolzarb maqsadli vazifalar doirasini belgilab berdi.
Izoh (0)