1-fevral, juma kuni bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi finalida Qatar terma jamoasi hujumchisi Almuoz Ali yaponlar darvozasiga bitta gol urishga erishdi.
Shu vaqtga qadar hech kim 1996-yili Eronlik futbolchi Ali Dai (8 ta gol) o‘rnatgan rekordni yangilay olmagandi. Almuoz Ali esa BAA mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida jami 9 ta gol urib, musobaqa rekordini yangiladi va tarixga kirdi.
“Al-Duhayl” klubining 22 yoshli hujumchisi musobaqa to‘purari bo‘lishi bilan birga eng yaxshi o‘yinchi deya e’tirof ham etildi.
Osiyo Kubogi musobaqalari tarixidagi to‘purarlar ro‘yxati:
- Almuoz Ali (Qatar) — 2019-yil 9 ta gol
- Ali Dai (Eron) — 1996-yil 8 ta gol
- Behtash Fariba (Eron) — 1980-yil 7 ta gol
- Choy Sun Ho (Janubiy Koreya) – 1980-yil 7 ta gol.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!