Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2018-yili aholining jami daromadi umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 62,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Foto: Prezident Matbuot xizmati

Eng ko‘p hajm Jizzax viloyatiga to‘g‘ri kelgan — 73,2 foiz, eng kami Toshkentga — 51,7 foiz.

Aholi jon boshiga jami daromadning yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan — 11,3 foiz. Bu ko‘rsatkich Jizzax viloyatida 11,1, Buxoro viloyatida 9,9, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,5, Farg‘ona viloyatida 9,2, Navoiy viloyatida 8,8 va Samarqand viloyatida 8,5 foizni tashkil etgan.

Jami daromadlar umumiy hajmining sezilarli darajada o‘sishi umumiy daromadlar tarkibida 71,1 foiz ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning eng ko‘p ulushi Navoiy viloyatida (84,2 foiz) kuzatilgan. Toshkentda, Xorazm, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan past bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?