Tokio universiteti muhandislari dunyoda birinchi bo‘lib yurak to‘qimalarini bezovta qilmaydigan yurak hujayralari qisqarishini monitoring qiluvchi o‘ta sezgir datchik taqdimotini o‘tkazdi.
Odatda tadqiqotchilar yurak hujayralari harakatini o‘rganish uchun ularni Petri chashkalarida o‘stirib, ularga qattiq sensor zondlarni ulashadi. Zondlar to‘qimaning tabiiy harakatiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun olingan natijalar reallikka to‘g‘ri kelmaydi.
Yangi nanodatchik olimlarga kardiomiotsitlar va boshqa hujayralaring tabiiy harakatiga halal bermasdan, hattoki dori preparati ta’sirida ham o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu birinchi navbatda datchik g‘ovak tuzilgani tufayli.
Datchik asosidagi to‘rni hosil qilish uchun odam soch tolalaridan 10 barobar ingichka poliuretan tolalaridan foydalanildi. Ishlab chiqarish jarayonida bu o‘ta yupqa poliuretan tolalari yassi listga presslanadi. To‘rsimon listni mustahkamlash uchun uni poli-para-ksillilen (parilen) bilan qoplandi.
To‘rning ma’lum qismlaridagi parilen maxsus usulda tozalanadi va bu sohalarga zond va aloqa simlarini ulash uchun oltin o‘rnatiladi. Qolgan parilen esa signallar bir-biriga xalaqit bermasligi uchun zondlarni izolyatsiya qiladi.
Endilikda zondlar yordamida olimlar hujayralar taraqatayotgan ko‘plab signallarni ko‘rishi mumkin. Metodning ahamiyatli jihati shundaki, bu tekshiruvchilar dori moddalaring yurakka ta’sirini real vaqtda o‘zgarishlarsiz kuzatishga imkon beradi.
Izoh (0)