Toshkentda “Rolls-Roys” avtomobilini xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqaro firibgarga duch keldi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“2018-yilning 23-noyabr kuni poytaxtning Yashnobod tumanida muqaddam firibgarlik uchun sudlangan 31 yoshli erkak 42 yoshli tanishiga auksion orqali ‘Rolls-Roys’ markasidagi avtomobilni xarid qilish, keyin uni oshirilgan narxda sotib, daromad qilishga yordam berishga va’da qildi”, — deya ta’kidlaydi IIBB.
Firibgar aldov yo‘li bilan tanishining 38 400 dollarini qo‘lga kiritib, ularni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yubordi. Unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)