30-yanvar, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/4 finali doirasida 2 ta javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Kunning birinchi o‘yinida “Betis” klubi o‘z maydonida “Espanyol” klubini qabul qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, dastlabki o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmagan (1:1).
Kunning ikkinchi uchrashuvida Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Sevilya” bilan jang qiladi. To‘qnashuv tungi vaqt bilan 01:30 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa chorak finalining birinchi bahsida “Sevilya” klubi o‘z maydonida “Barselona” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urib, g‘alaba qozongandi.
Ispaniya Kubogi
1/4 final bahslari
30-yanvar, chorshanba
“Betis”—“Espanyol” 23:30 (1:1)
“Barselona”—“Sevilya” 01:30 (0:2)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)