Braziliyada to‘g‘on yorilib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 84 nafarga yetdi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
300 kishi bedarak yo‘qolganlar sifatida ro‘yxatga olingan.
Favqulodda hodisa bir hafta oldin yuz bergan va hozirda qutqaruvchilar yo‘qolganlarni tirik topilishiga ishonmayapti.
Eslatib o‘tamiz, to‘g‘on metallurgiya sanoati chiqindilaridan iborat suvni ushlab turgan. Damba yorilishi oqibatida loy oqimi mahalliy tog‘-kon kompaniyasining ma’muriy binolari va aholi yashash joylariga yopirilgan.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, hodisadan oldin ogohlantiruvchi avariya signali ishlamagan.
Qutqaruv ishlari bir necha haftaga cho‘zilishi mumkin. Halok bo‘lganlarning yarmining shaxsi aniqlangan.
Izoh (0)