Toshkent hayvonot bog‘i hududida “Akvanarium”, “Safari park” va veterinar laboratoriya qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarorida so‘z yuritiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Ularni tashkil etish uchun davlat xususiy sherikchiligi asosida investorlarni jalb etish taklif etilmoqda. Hamkorlik bo‘yicha takliflar 1-mayga qadar taqdim etilishi kerak.
2024-yilda Toshkent hayvonot bog‘ining 100 yilligi doirasida Toshkent shahrida Yevropa va Osiyo hayvonot bog‘lari va akvariumlari assotsiatsiyasining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazish kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2016-yilning 20-mayidagi qarori bilan Toshkent hayvonot bog‘ini 2016—2020-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan edi.
Izoh (0)