Kanadalik Jo Myurrey bolaligidan buyon radioboshqaruvli mashinalarga qiziqadi. Xobbi uning uyi doirasidagi noodatiy loyihaga aylandi. Myurrey 2005-yildan buyon masofadan boshqariladigan kichik ekskavatorlar, buldozerlar va yuk mashinalari yordamida yerto‘la qazimoqda. 14 yil o‘tgan bo‘lsa ham, ish hali tugagani yo‘q. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Myurreyning asl kasbi fermerlik bo‘lib, u avval chorva boqqan, endi esa donli ekinlar yetishtirmoqda. Myurrey o‘z loyihasini odatiy xobbi deb ataydi. U dastlab kichik o‘yinchoq transportlar yordamida yerto‘la bilan mustaqil shug‘ullangan. Biroq vaqt o‘tgan sari u o‘yinchoqlarga ko‘proq ishondi va ishni shunchaki muvofiqlashtirib turadigan bo‘ldi.

Myurreyning so‘zlariga ko‘ra, unda radioboshqaruvli quruvchi mashinalarning katta floti yig‘ilgan. Mashinalarning ba’zilarini u mustaqil ravishda o‘z ehtiyojlariga moslashtirgan.

Myurrey loyihani yakunlashga shoshilmayapti, unga radioboshqaruvli texnika yordamida qurilgan jarayonning o‘zi yoqadi.