Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan noqonuniy kesib tashlangan 200 ta daraxt aniqlangan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
Parkent tumanidagi “Qo‘shchinor” ko‘ngilochar bog‘i hududida 280 ta qayrag‘och, aylant, archa va akatsiya daraxtlari ildizi bilan kesib tashlangan.
Bu yerda sport majmuasining qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tashkilotchilarda 82 ta daraxtni kesishga Parkent tumani hokimiyatidan olingan ruxsat bo‘lgan, aslida esa 198 ta daraxt noqonuniy tarzda kesilgan.
O‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 229,9 million so‘mga baholanmoqda.Aniqlangan holat bo‘yicha hujjatlar prokuratura organlariga topshirilgan.
Izoh (0)