25-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final bahslari doirasida kunning birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda Qatar terma jamoasi yarim final yo‘llanmasi uchun Janubiy Koreya termasiga qarshi maydonga tushdi va kichik hisobda g‘alaba qozondi (1:0).
Uchrashuvning 79-daqiqasida Qatar terma jamoasi yarim himoyachisi Abdulaziz Hatam o‘yindagi yagona golga mualliflik qildi. Qatar shu tariqa o‘z tarixida ilk bor Osiyo Kubogi yarim finaliga chiqdi.
Endi arablar musobaqaning final yo‘llanmasi uchun BAA—Avstraliya juftligi g‘olibi bilan kurash olib boradi.
Osiyo Kubogi—2019
1/4 final bahslari
25-yanvar, juma
Janubiy Koreya—Qatar 0:1
Gol: 0:1 — 79 Hatam.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)