Germaniyada poyezdga bomba o‘rnatilgani haqidagi xabar sababli qariyb 500 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Politsiya tomonidan xabar berilishicha, ICE74 poyezdida bomba borligi haqida xabar kelib tushgan. Poyezddan 500 nafar yo‘lovchi evakuatsiya qilingan, hech kim jabrlanmagan. Frankfurt vokzalining 5 va 6-yo‘llari yopilgan.
Politsiya choralar ko‘rgan va tinchlik saqlashga chaqirmoqda.
Izoh (0)