2018-yilda Rossiyaning Kaliningrad viloyati vatandoshlarni ko‘chirishga ko‘maklashish davlat dasturining 2,7 mingdan ortiq ishtirokchisini qabul qildi. Ularning aksariyat qismi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolaridir, deb yozadi “Podrobno.uz”.
“Hududiy kvota 2 ming kishidan iborat. Bu reja 38 foiz ortig‘i bilan bajarildi”, — deydi vazir v.b. Vladimir Bespalov.
Uning so‘zlariga qaraganda, 2018-yilda dasturning aksariyat ishtirokchilari mintaqaga Qozog‘iston (74 foizga yaqini), Qirg‘iziston va O‘zbekistondan ko‘chib kelgan. Ko‘chib kelganlarning 76 foizdan ortig‘i — 40 yoshdan kichik insonlar. Ular sog‘liqni saqlash, ta’lim va qurilish sohalariga ishga joylashgan.
Shuningdek, 2018-yilda Kaliningrad viloyatidagi o‘quv muassasalarida ta’lim olayotgan to‘qqiz nafar talaba hisobga turgan.
Izoh (0)