Kembrijda musulmonlarning ibodat qilishlari uchun jome masjidining ochilishiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu masjid zamonaviy me’morchilik san’ati jihatidan Buyuk Britaniyada o‘xshashi yo‘q obida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
Bundan 40 yil oldin islomni qabul qilgan, hozirda masjidlar mas’ullari kengashi raisi vazifasida ishlayotgan Tim Uinter masjid, asosan homiylar hisobidan barpo etilayotganini aytgan. Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, masjid qurilishi uchun 23 million funt sterling mablag‘ sarflangan.
Yangi masjid 1000 nafar namozxonga mo‘ljallangan. Masjid hovlisida avto va boshqa ulovlar uchun ham maxsus turar joy barpo etilgan.
Masjidning yorqin dizayniga shiftga o‘rnatilgan sakkiz xil rangdagi oynalar, polga to‘shalgan Ispaniya marmarlari va Shimoliy Irlandiyaning dekorativ eman panellari o‘zgacha shukuh bag‘ishlagan.
Izoh (0)