19-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 23-turi doirasida navbatdagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda Unai Emeri boshqaruvidagi “Arsenal” klubi Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi “Chelsi” klubini qabul qildi.
O‘yinning 14-daqiqasida Aleksandr Lyakazett Ektor Belyerin uzatgan to‘pni qabul qildi va 2 nafar raqib o‘yinchisini aldab, kuchli zarb bilan “Chelsi” darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni ochdi (1:0). 39-daqiqaga kelib, “to‘pchilar” yarim himoyachisi Loran Kosyelni boshi bilan to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi (2:0).
Shu tariqa “Arsenal” London derbisida “Chelsi” darvozasiga javobsiz ikkita gol urib, g‘alaba qozondi.
APL
23-tur bahslari
19-yanvar, shanba
“Arsenal”—“Chelsi” 2:0
Gollar: 1:0 – 14 Lyakazett, 2:0 – 39 Kosyelni.“Arsenal”: Leno, Belyerin (Al-Nenni, 72), Sokratis, Kosyelni, Kolashinats, Torreyra, Jaka, Gunduzi, Remzi (Meytland-Nils, 67), Obameyang, Lyakazett (Ivobi, 68).
“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, David Luis, Ryudiger, Alonso, Kovachich (Barkli, 63), Jorjinyo, Kante, Pedro (Hadson-Odoi, 80), Azar, Villian (Jiru, 68).
Ogohlantirishlar:, David Luis (37).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)