19-yanvar, shanba kuni Italiya A Seriyasining 20-tur bahslari boshlanadi.
Turning birinchi bellashuvida Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida Turinning “Torino” jamoasi bilan jang qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Shu kuni Luchano Spaletti qo‘l ostidagi “Inter” o‘z uyida “Sassuolo” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 00:30 da boshlani belgilangan.
20-yanvar, yakshanba kuni turning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqa jadvalida 2-pog‘onada borayotgan “Napoli” klubi 4-o‘rinni egallab turgan “Latsio” bilan bellashadi. To‘qnashuv tunggi vaqt bilan 00:30 da start oladi.
21-yanvar, dushanba kuni turning so‘nggi 2 ta uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Milan” klubi safarda “Jenoa” bilan o‘ynasa, musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Turinning “Juventus” jamoasi o‘z maydonida “Kyevo”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuvga tunggi vaqt bilan soat 00:30 da start beriladi.
Musobaqaning 19-turidan so‘ng jadvaldagi holat:
A Seriya
20-tur bahslari
19-yanvar, shanba
“Roma”—“Torino” 19:00
“Udineze”—“Parma” 22:00
“Inter”—“Sassuolo” 00:30
20-yanvar, yakshanba“Frosinone”— “Atalanta” 16:30
“Fiorentina”—“Sampdoriya” 19:00
SPAL—“Bolonya” 19:00
“Kalyari”—“Empoli” 22:00
“Napoli”—“Latsio” 00:30
21-yanvar, dushanba“Jenoa”—“Milan” 19:00
“Yuventus”—“Kyevo” 00:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)