18-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 18-turi bahslariga start berildi.
Dastlabki uchrashuvda Myunxenning “Bavariya” klubi “Hoffenhaym” maydoniga safar qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 34 va 45-daqiqalarida myunxenliklar yarim himoyachisi Leon Goretska raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublga erishdi.
2-bo‘limning 59-daqiqasiga kelib, mezbon jamoa a’zosi Niko Shults Manuel Noyer qo‘riqlayotgan darvozani ishgo‘l qildi (1:2). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida (87) Robert Levandovski jamoasining 3-golini urdi.
Shu tariqa “Bavariya” ushbu turda “Hoffenhaym”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Bundesliga
18-tur bahslari
19-yanvar, shanba
“Hoffenhaym”—“Bavariya” 1:3
Gollar: 0:1 – 34 Goretska, 0:2 – 45 Goretska, 1:2 – 59 Shults, 1:3 – 87 Levandovski.“Hoffenhaym”: Baumann, Posh, Fogt (Grillich, 56), Hyubner, Demirbay (Geyger, 56), Shults, Kaderjabek, Bittenkur, Belfodil, Kramarich, Joelinton (Salai, 78).
“Bavariya”: Noyer, Kimmix, Sule, Hummels, Alaba, Martines (Boateng, 90), Alkantara (Rodriges, 78), Myuller, Goretska, Koman (Gnabri, 73), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Fogt (26), Grillich (57), Posh (64), Kimmix (68), Martines (84).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)