Joriy yilning 18-yanvaridan 18-fevraliga qadar O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi to‘plamidan saralangan asarlardan iborat “Zamon va makon uzra avangard” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi zallarida namoyish etiladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyi to‘plamidan saralab olingan va ko‘rgazmada namoyish etiladigan har bir asar bu afsona, bu aniq tarixiy davrning madaniy ifodasidir. Ko‘rgazmada rus va o‘zbek avangardini aks ettiruvchi 126 ta asar namoyish etiladi, bu XX asr san’atining hali to‘liq o‘rganilmagan fenomenlaridandir.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 18-yanvar soat 17:00 da bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)