“Manchester Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo klubdan ketish borasida gapira olmaydi.
The Times’ning xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis beIN SPORTS telekanaliga ekspert sifatida ishlashga taklif etildi.
U Osiyo Kubogi musobaqasidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni—Qatar uchrashuvi hamda Angliya chempionatidagi “Arsenal”—“Chelsi” to‘qnashuvlarida ekspert sifatida sharh jarayonida ishlashi kutilmoqda. Ammo u “Manchester Yunayted”dan ishdan bo‘shash sabablari to‘g‘risida muhokamaga kirishmaydi. Aniqrog‘i bu haqidagi savollarni chetlab o‘tadi. Kelishuv shu tarzda tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” mutaxassis bilan tuzgan shartnomasini muddatidan avval bekor qilganligi uchun unga 15 million funt tovon puli to‘lagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)