Kanada poytaxti Ottavada ikki qavatli avtobus bekatga borib urildi. Bu haqda shahar meri Jim Uotson ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi. Ulardan 14 kishi o‘ta og‘ir, 11 kishi esa og‘ir holatda.

Avtobus haydovchi bo‘lgan ayol qo‘lga olingan va so‘roq qilinmoqda.

Voqea yuzasidan tekshiruv boshlandi: kuzatuv kameralari yozuvlari tekshirilib, guvohlarning ko‘rsatmalari olinmoqda.