AQShning Florida shtatida vertolyot parragi bir erkakning boshini uzib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Halok bo‘lgan erkakning hamkasbi tomonidan ma’lum qilinishicha, ular ko‘chma akkumulyator yordamida vertolyot dvigatelini ishga tushirishga uringan, biroq vertolyot noma’lum sababga ko‘ra silkingan va yiqilgan. Shu paytda vertolyotning asosiy parragi unga xizmat ko‘rsatayotgan erkakning boshiga urilgan.
Erkak hodisa joyida halok bo‘lgan. 62 yoshli erkakning o‘limi yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)