12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 22-tur bahslariga start beriladi.

Foto: Sky Sports

Turning ilk o‘yini London derbisi bilan boshlanadi. Unda Unai Emeri qo‘l ostidagi “Arsenal” jamoasi Manuel Pellegrini boshliq “Vest Hem” maydoniga safar qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.

Mavsumning ikkinchi yarmini omadsiz boshlaganiga qaramay APL musobaqa jadvalida karvonboshi bo‘lib turgan Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi mehmonda “Brayton” jamoasini bilan bahsga kirishadi. Uchrashuvga 20:00 da start beriladi.

Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Londonning “Chelsi”si “Stemford Brij” stadionida Rafael Benites boshliq“Nyukasl” klubini qabul qiladi. Bellashuv 22:30 da boshlanishi belgilangan.

13-yanvar, yakshanba kuni turning markaziy o‘yini “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Maurisio Pochettino boshliq “Tottenhem” klubi 4 turdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan “Manchester Yunayted” jamaosi bilan jang qiladi. Uchrashuv soat 21:30 da boshlanadi.

Turning so‘nggi o‘yini 14-yanvar kuni o‘tkaziladi. Unda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band etib turgan Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” o‘z maydonida “Vulverhempton”ni qabul qiladi. Bahsga tunggi vaqt bilan soat 01:00 da start beriladi.

21-turdan keyin APL musobaqa jadvalidagi holat

APL

22-tur bahslari

12-yanvar, shanba

“Vest Hem”—“Arsenal” 17:30

“Brayton”—“Liverpul” 20:00

“Byornli”—“Fulhem” 20:00

“Kardiff”—“Haddersfild” 20:00

“Kristal Pelas”—“Uotford” 20:00

“Lester”—“Sauthempton” 20:00

“Chelsi”—“Nyukasl” 22:30

13-yanvar, yakshanba

“Everton”—“Bornmut” 19:15

“Tottenhem”—“Manchester Yunayted” 21:30

14-yanvar, dushanba

“Manchester Siti”—“Vulverhempton” 01:00

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!