10—11-yanvar kunlari futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida navbatdagi o‘yinlar o‘tkazildi.

Foto: Twitter/@FCBarcelona

“Sevilya” klubi mehmonda “Atletik Bilbao” jamoasi bilan bahsga kirishib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Nolito “Atletik Bilbao” darvozasiga to‘p kiritib, hisobni ochdi (0:1).

2-bo‘limning 49-daqiqasiga kelib Mikel San-Xose Markel Susaeta uzatgan to‘pni “Sevilya” darvozasiga joylab qo‘ydi (1:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib, Andre Silva gol urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (1:2). O‘yindagi so‘nggi gol 77-daqiqada kiritildi. Unga Vissam Ben-Yedder mualliflik qildi va g‘alabani mustahkamladi (1:3).

Ernesto Valverde qo‘l ostidagi “Barselona” klubi safarda “Levante” mehmoni bo‘ldi va kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq mezbon jamoa a’zosi Erik Kabako hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqada Borxa Mayoral Yasper Killessen qo‘riqlayotgan darvozaga jamoasining 2-golini kiritdi (2:0).

Bahsning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qolganda Filippe Koutinyo penaltidan raqib darvozasiga gol kiritdi.

Ispaniya Kubogi

1/8 final bahslari

10-yanvar, payshanba

“Atletik Bilbao”—“Sevilya” 1:3

Gollar: 0:1 – 6 Nolito, 1:1 – 49 San-Xose, 1:2 – 53 Silva, 1:3 – 77 Ben-Yedder.

11-yanvar, juma

“Betis”—“Real Sosyedad” 0:0

“Levante”—“Barselona” 2:1

Gollar: 1:0 – 4 Kabako, 2:0 – 18 Mayoral, 2:1 – 85, penalti, Koutinyo.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!