Bir nechta siyosiy arbob, jumladan, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga suiqasd tayyorlagan Sharqiy Quddus fuqarosi 11 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Times of Israel gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
31 yoshli Muhammad Jamal Rashda Suriyada joylashgan terrorchilik guruhi buyrug‘iga asosan Netanyaxu va Quddus meri Nir Barkatga nisbatan suiqasd rejalashtirganligi uchun qamoq jazosiga hukm qilindi.
“Xorijdagi terrorchilik guruhlari buyrug‘i bilan ishlagan Muhammad turli maqsadlar ko‘zlangan bir qator jiddiy terrorchilik hujumlarini amalga oshirishni reja qilgan”, — deydi xavfsizlik xizmati.
Mazkur ish bo‘yicha yana ikki gumonlanuvchi qo‘lga olinganligi ta’kidlanmoqda, biroq xavfsizlik xizmati jinoyatchining sheriklari ismlarini aytishdan bosh tortdi.
Izoh (0)