Shimoliy Koreya hukumati AQSh va Janubiy Koreya harbiylarining qo‘shma mashg‘ulotlarini to‘xtatishni talab qilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, KXDR ikki mamlakatning harbiy mashg‘ulotlarni provakatsion deb hisoblamoqda. KXDR hukumati Koreya yarimorolida tinchlikni ta’minlash ikki mamlakatning munosabatlari yaxshilanishiga xizmat qilishini alohida qayd etgan.
Shuningdek, rasmiy Pxenyan Janubiy Koreyaning yangi qurol-yaroqlar haridini to‘xtatishga chaqirmoqda.
Izoh (0)