6-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Ispaniya chempionatining 18-turida Madridning “Real” jamoasi o‘z maydonida “Real Sosyedad”ga 0:2 hisobida yutqazdi. Uchrashuv esa madridlik muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘lganicha yo‘q.
“Santyago Bernabeu”dagi o‘yinga 53 412 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu joriy mavsumda “Qirollik klubi”ning uy uchrashuvlariga muxlislarning tashrifi bo‘yicha ikkinchi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi.
“Real”ning avgustdagi “Xetafe”ga qarshi kechgan o‘yinida esa Madriddagi stadionga 48 446 nafar tomoshabin kelgandi.
Madridliklar o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan so‘nggi to‘rt uchrashuvdan buyon 60 ming muxlis yig‘a olmayapti.
Ushbu mavsumda La Liga bahslarida “Santyago Bernabeu”ga (81 mingga yaqin muxlis sig‘adi) tomoshabinlarning tashrifi o‘rtacha 63 747 ni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan 2 mingtaga kam.
Jurnalist Dermot Korriganning hisob-kitoblariga ko‘ra, “Real”ning “Sosyedad”ga qarshi o‘yindagi muxlislarning tashrifining kamligidan 2 million yevro zarar ko‘rgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)