O‘zbekistonda alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini takomillashtirish bo‘yicha bir qator choralarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2019-yilgi Davlat dasturiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Jumladan, joriy yilning fevral oyidayoq davlat rahbarining maxsus organni tashkil etuvchi farmon va qarori loyihasini tayyorlash ko‘zda tutilmoqda. U alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni samarali monitoring qilish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Bundan tashqari, yangi tuzilma ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan kontrafakt mahsulotlarini ishlab chiqarishning oldini olish, shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga litsenziya talablarini qayta ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yilning 1-dekabriga qadar alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini cheklash bo‘yicha yangi choralarni tasdiqlash rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)